O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

BMT COVID-19 ga qarshi kurashda qalbaki dori-darmonlar va vaksinalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Uyushgan jinoiy tashkilotlar koronavirusga qarshi qalbaki dori-darmonlar va vaksinalar ishlab chiqarish uchun yuqori faollik ko‘rsatmoqda, dedi BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi direktori Gada Vali RIA Novostiga intervyu bera turib.

Uning maʼlum qilishicha, boshqarma hukumatlarni jinoiy tashkilotlarning qalbaki dori-darmon hamda vaksina ishlab chiqarishdagi xavfli roli haqida ogohlantirgan. Uning taʼkidlashicha, tibbiy preparatlarning yetishmasligi bilan bog‘liq vaziyat ularga juda qo‘l keladi.

"Hukumat kasalxonalari va turli tashkilotlar talab katta bo‘lgan himoya vositalari, dori-darmonlar va tibbiy jihozlarni tezroq sotib olishga harakat qilishadi, bu katta tavakkal, jinoyatchilar aynan shu yerda faollik ko‘rsatadi. Bizning taxminimizcha, ular vaksina yaratish bilan bog‘liq barcha jarayonda fallik ko‘rsatishadi", - deya ogohlantirdi Vali.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech