O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Bojxona bojlaridan ozod etiladigan tovar pozitsiyalari ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi “2022 — 2026 yillarda Respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmonida 2025 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod etiladigan tovar pozitsiyalari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi qayd etilgan bo‘lib, shunga muvofiq Hukumat tomonidan imzolangan ro‘yxatga quyidagilar kiritildi:

☑️ 344 nomdagi dori vositalari (shu jumladan, dorixonada tayyorlash), tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar;

☑️ 153 nomdagi texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari;

☑️ Farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun «toza xonalar», sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari;

Imtiyoz berilgan pozitsiyalar batafsil ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.

Hujjatda ko‘rsatilgan TIF TN kodlari tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda belgilanadi.

Muhim eslatma: Imtiyozlarni qo‘llash natijasida ozod etiladigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan vositalardan muayyan maqsadga mo‘ljallanmagan yo‘nalishda foydalanilgan taqdirda, ushbu vositalar to‘liq hajmda Davlat byudjetiga undiriladi, huquqbuzarlarga nisbatan jarima choralari qo‘llaniladi.

Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ushbu imtiyozdan foydalanadilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech