O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Bojxonachilar Farg‘onada 90 million so‘mlik “Tropikamid”ni ushlab qolishdi

Respublikamiz bojxonachilari kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga doir bojxona qoidabuzarliklarini ham fosh qilishdi.

Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida esa fuqaro A.Aning noqonuniy xatti-harakatlari fosh etildi. “Neksiya” rusumli avtotransport vositasida harakatlanayotgan ushbu shaxs bojxonachilarning kuzatuvi ostiga tushganini sezib qolgach, avtomashinadagi polietilen qoplarni tushirib, voqea joyidan qochishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Bu esa bejiz emas ekan. Qoplar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ularda qiymati 90 mln. so‘mlik 600 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Navoiy viloyatida esa bojxona xodimlari xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urnishlarni fosh etishdi.

Turkiyadan keltirilgan kuryerlik jo‘natmalarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida yuklar orasiga qiymati 9 turdagi 58 dona biologik aktiv qo‘shimchalar yashirilganligi aniqlandi. 13,2 mln. so‘mlik mazkur tovarlar tegishli bojxona deklaratsiyalarida umuman qayd etilmagan ekan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech