O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Bugungi kunda vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlarida yuklamalar juda katta

«Bugungi kunda vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlarida yuklamalar juda katta. Ular nafaqat matbuot anjumani yoki brifinglarni uyushtirishi, shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni ham yuritishi, internetda bildirilgan fikrlarga munosabat bildirib borishi lozim. Shu bois biz vazirlik va idoralarga matbuot xizmati shtat birliklari sonini oshirish, agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, shartnoma asosida ishga jalb etish bo‘yicha takliflarni berganmiz.

Noyabr oyida Agentlik tomonidan 120 nafar matbuot kotibining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarni yakunlayapmiz. Bu — matbuot kotiblarining noxolis munosabatlarga tezkor javob berish imkonini beradi.

Shuningdek, biz belgilagan seminarlar siklida jurnalistlarni ham o‘qitish va malakasini oshirish masalasi ham ko‘zda tutilgan.

Yana bir muhim jihat — biz axborot berish imkonini oshirish maqsadida nafaqat AOKAda, balki Milliy matbuot markazida ham anjumanlar o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Bu bo‘yicha maxsus media-rejalar ishlab chiqilgan, tez orada rasmiy veb-saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda eʼlon qilinadi.

Bundan tashqari, tegishli hokimliklar, boshqarmalar bilan hamkorlikda hududlarda ham matbuot anjumanlari, brifing hamda press-turlar tashkil etish ishini kengaytirish ko‘zda tutilyapti.

Biz faqatgina muloqotni kuchaytirish, tashkilot va idoralarning ochiqligini taʼminlash hamda matbuot kotiblarining faoliyatini takomillashtirish orqali noxolis va yolg‘on axborotlar tarqalishining oldini olishimiz mumkin».

Asadjon Xodjayev,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisidan

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech