O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Cheklangan narxda sotilishi belgilangan dori vositalarining ro‘yxati shakllantirildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 10 sentyarbrdan dori vositalariga cheklangan narxlar belgilanishi haqida maʼlumot bergan edik.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan referent narx shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib unga ko‘ra, dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda dori vositalarining har bir savdo nomi uchun qayd etilgan cheklangan narxlar va ularga cheklangan savdo ustamalarini qo‘llash yo‘li bilan hisoblangan ulgurji va chakana narxlarning elektron (onlayn) reyestri yuritilmoqda.

Xorijiy dori vositalariga belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi (2020 yil 29 sentyabr holatiga) maʼlumotlar bilan bu yerda tanishishingiz va yuklab olishingiz mumkin.

Maʼlumot o‘rnidabir dori vositasining narxini belgilash uchun uning:

➖ 10 ta referent mamlakatdagi sotish narxi aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasidan yuqori, o‘rtacharoq yuqori va o‘rtachadan pastligi hisobga olingan;
➖ dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda distribyuterlar uchun narxlar;
➖ so‘nggi olti oy davomida import kilingan dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish valyutasida belgilangan shartnomaning Inkoterms CIP sharti asosida ko‘rsatilgan narxlari olingan.
 

Ro‘yxatga quyidagi mamlakatlar kiritilgan:

1. Vengriya.
2. Rossiya Federatsiyasi.
3. Ukraina.
4. Polsha Respublikasi.
5. Tojikiston Respublikasi.
6. Sloveniya Respublikasi.
7. Qozog‘iston Respublikasi.
8. Bolgariya Respublikasi.
9. Belarus Respublikasi.
10. Qirg‘iziston Respublikasi.
 

Eslatib o‘tamiz, "Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi, dori vositalariga cheklangan narxlarni qayd etish uchun arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish hamda axborot tizimining uzluksiz va barqaror ishlashini taʼminlash uchun masʼul hisoblanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech