Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Ру O`z Ўз En

Davlat markazi tomonidan 832 turdagi 33321 o‘ram farmatsevtika mahsulotlari ekpertizadan o‘tkazildi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining Huquqni muhofaza qilish organlari murojaatlari bilan ishlash bo‘limga joriy yilning sentyabr oyi davomida Huquqni muxofaza qiluvchi organlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 90 ta murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaatlar asosida 832 turdagi 33320 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi.

Ekspertiza hulosalariga ko‘ra:

✅ 217 turdagi 10148 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tganligi, 88 turdagi 4280 o‘ram muvofiqlik sertifikati mavjudligi aniqlangan bo‘lsa;
❌ 226 turdagi 8370 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi;
❌ 226 turdagi 8370 o‘ram muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi;
❌ 40 turdagi 2105 o‘ram yorliqlash bo‘yicha meʼyoriy hujjatlar talablariga mos kelmasligi (kontrafakt);
❌ 27 turdagi 32 o‘ram yaroqlilik muddati tugaganligi (sifatsiz);
❌ 8 turdagi 16 o‘ram farmatsevtika mahsulotlari qalbakilashtirilganligi ("Natriy gidrokobonat", “Metronidazol”, “Tivortin”, "Duphaston № 20"; “Zardeks”, “Vobenzim” bir necha marotaba takrorlangan holda) aniqlangan.

Davlat markazi tomonidan yuqoridagi aniqlangan holatlar bo‘yicha laboratoriya tahlillari haqidagi tegishli maʼlumotlar murojaatchilarga taqdim qilindi.

Eslatib o‘tamiz, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 20-moddasidaga muvofiq cifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Davlat markazi Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech