O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davlat markazida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

Mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini taʼminlash, keksalarni eʼzozlash, ertamiz egalarini barkamol etib voyaga yetkazishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida alohida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlash joiz. Binobarin, buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchidir.

Joriy yilning 21 dekabr sanasida “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi”da tashkil etilgan navbatdagi maʼrifiy tadbir o‘zida mana shunday maslakni ifoda etdi. Unda korxona tizimida ko‘p yillar mobaynida xizmat qilgan, faxriy xodimlar va sohadagi yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan farmatsevtika sohasi faxriylari birma-bir o‘zlarining hayotlari va korxona tarixi bilan bog‘liq maʼlumotlar bilan birga bugungi kunda yurtimizda faxriylarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor, mustaqillik bergan imkoniyatlar, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va hamjihatlik xususida o‘zlarining dil so‘zlarini bildirdilar.

Shuningdek samimiy suhbat davomida, tizim nufuzi ko‘p jihatdan aholi sog‘lig‘i bilan yuzma-yuz ishlovchi xodimlarga bog‘liq ekanligi, ushbu xizmat vakillarining sohaga oid bilim va saviyalarini oshirish, muomala madaniyatini yana-da yuksaltirish alohida taʼkidlandi.

Davlat markazi Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech