O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davlat soliq qo‘mitasi vakili ayrim dorilar narxi oshganiga izoh berdi

Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Nazarov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda ayrim muhim savollarga javob berildi. 

«Seftraks sb» dorisining narxi kuniga oshib ketyapti. Avval narxi 32 000 so‘m edi, hozir 40 000 so‘mdan oshib ketdi. Dorixonalarga biror chora ko‘riladimi?

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan vakolatli idoralar bilan birgalikda, asosiy turdagi oziq-ovqat hamda birlamchi tibbiyot mahsulotlari narx-navosi ustidan doimiy monitoring olib borilmoqda hamda 9,4 mingta dorixonaga soliq idoralari xodimlari biriktirilgan hamda har biri bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, kafolat xatlari olingan.

Shunga qaramasdan, narx-navoning asossiz o‘sishi holatlari uchrab turibdi hamda vakolat doirasida choralar ko‘rilmoqda.

Karantin joriy qilingandan buyon soliq idoralari tomonidan noqonuniy savdo va narxlarning oshirilishi bo‘yicha jami 4 092 ta holat aniqlanib, jami 12,7 mlrd so‘mlik (shundan dori-darmon va tibbiyot niqoblari — 143 ta holatda 1310 mln so‘mlik) mahsulotlar olindi.

Mazkur holat bo‘yicha aniq maʼlumot berilsa, DSXOlar tomonidan tegishli o‘rganish o‘tkazilib, aniq javob beriladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmat

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech