O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dezinfeksion tunnellar samarasizligi aytilgan edi, unga sarflangan mablag‘lar endi nima bo‘ladi?

Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi, respublika bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov, AOKAda o‘tkazilgan brifingda aholi tomonidan yo‘llangan savollarga javob berdi.

Dezinfeksion tunnellar AQSH, Rossiya, Fransiya davlatlari singari ko‘plab davlatlar qatorida O‘zbekistonda ham uzoq muddat davomida qo‘llanib kelindi. Ushbu vosita havo, odamlar ustki kiyim-boshlari, kichkina gabaritli transportlarni dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan.

Dezinfeksion tunnellarda viruslar, jumladan koronavirus va boshqa mikroorganizmlarni nobud qiladigan dezinfeksiya vositalari ishlatiladi. Respublika maxsus komissiya qaroriga ko‘ra hozirgi kunda binolar va boshqa obyektlarga kiraverishda dezinfeksion tunnellar o‘rnatish to‘xtatildi. Ushbu qaror Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra qabul qilindi.

Olimlar, virusologlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida dezinfeksion tunnellari orqali dezinfeksiya o‘rtacha 5-30 sekundni tashkil etib, viruslarni inaktivatsiya qilish uchun bu vaqt yetarli emas degan xulosaga kelindi. Hozir ham baʼzi davlatlarda, xususan Italiya, Singapur, Malayziyada ham dezinfeksion tunnellardan foydalanishga ruxsat berilgan.

Koronavirus kasalligi tashxisi, davolash usullari va profilaktikasi qaratilgan tadbirlar takomillashib bormoqda. Shu paytgacha JSSTning ham aniq takliflari yo‘q edi. Hatto koronavirus kasalligiga chalinganlarni davolash bo‘yicha protokollar ham muntazam o‘zgarib bordi va O‘zbekistonda shu kunga qadar 6 ta davolash protokoli amaliyotga kiritildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech