O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dezinfeksiya tunnellari o‘rniga teri uchun qulay antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatiladi

Respublika maxsus komissiyasi bayoniga ko‘ra, endilikda Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida dezinfeksion tunnellardan foydalanish to‘xtatilib, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat joylari, bino va inshootlarga kirish joyida tana haroratini kontaktsiz o‘lchash, tashrif buyuruvchilarni zarur holatlarda ti66iy yoki bir martalik niqoblar bilan taʼminlash, shuningdek, kirish kismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchyn antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash matbuot kotibi xabar bermoqda.

Bunda: ushbu amaliyotlarni tegishli qoidalar asosida olib borish bo‘yicha masʼuliyat va javobgarlik muassasa va tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmassida bo‘lib, mazkur tadbirlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga yuklatildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech