O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Diyora Dunyo Farm" MCHJga berilgan litsenziyaning amal qilishi tugatildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar xududiy bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlari natijasiga ko‘ra Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan "Diyora Dunyo Farm" MCHJga tegishli dorixona litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi (muvofiqlik sertifikatisiz dori vositasini chakana realizatsiya qilganlik) holati aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar xududiy bo‘linmasining "Diyora Dunyo Farm" MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2020 yil 30 noyabrda berilgan TN 206-raqamli litsenziyaning amal qilishini tugatishni so‘rab Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning 2021 yil 5 avgust kunidagi 4-1001-2106/22454-sonli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va "Diyora Dunyo Farm" MCHJga tegishli dorixonaga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi tugatildi.

Maʼlumot uchun, “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida"gi nizom (ro‘yxat raqami 284-son 12.05.2017)ga asosan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish - faoliyat uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi!

Shuningdek, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech