O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar diqqatiga!

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi joriy etilgan anʼanaga muvofiq 2022 yil 28 oktyabr soat 16:00 da “Dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK binosida dori vositalarni ishlab chiqaruvchilarni  muloqotga chorlaydi!

Muloqotdan ko‘zlangan maqsad: dori vositalarini ishlab chiqarish  faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish

Muloqotga bu boradagi takliflari bilan tashrif buyurgan ishlab chiqaruvchilar:  

- Dori vositalari bo‘yicha cheklangan savdo ustamalari;
- Tayyor dori vositalarini import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i;
- Dori vositalarining eksport salohiyati;
- Dori vositalarini mahalliylashtirish dasturi;
- Dori vositalarini ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savolarga javob olishlari, shuningdek, takliflarini agentlik va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar mutasaddilariga bevosita yetkazishlari mumkin.

Hududlardagi tadbirkorlarda esa mazkur tadbirda savollarni onlayn ravishda yo‘llash imkoniyati mavjud.

Muloqotga taklif etilgan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar:

Andijon viloyati: "AS-KAM PHARMA" MCHJ, "BIOMEDICS GC" MCHJ, "MALIKA LABORATORIES" MCHJ, “TEXNOXIMFARM” MCHJ, EPOCH PHARM  MCHJ, ZAMIN BIO HEALTH  MCHJ.
Buxoro viloyati: MCHJ shaklidagi "GUFIK AVISENA" O‘zbekiston-Hindiston QK
Qashqadaryo viloyati: "TRAST MED-FARM" xususiy korxonasi,
Navoiy viloyati: “AVISENNA” MCHJ, "KO‘HNA BESHRABOT" xususiy korxonasi
Namangan viloyati: "KAMOL MED FARM" MCHJ, "MERRYMED FARM" MCHJ, "MUSAFFO IQLIM KELAJAK" MCHJ, "NAMANGAN PHARM PLANT" MCHJ, "RA‘NO DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH MARKAZI" xususiy korxonasi, "SPRING PHARMACEUTIC" MCHJ QK.
Samarqand viloyati: "ECO PHARM MED INVEST" MCHJ, MCHJ shaklidagi "INTEGRA DD" QK, MCHJ shaklidagi "SAMARKAND ENGLAND ECO-MEDICAL" QK/
Sirdaryo viloyati: “CODEPHARM” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi, “OMONMEDFARM” MCHJ, "TEMUR MED FARM" MCHJ, MCHJ shaklidagi "NOVUGEN PHARMA" xorijiy korxonasi, MCHJ shaklidagi "REKA-MED FARM" QK.
Surxondaryo viloyati: MCHJ shaklidagi "NOVA PHARM" QK,
Toshkent viloyati: MCHJ shaklidagi "BETA UBK INTERNATIONAL PRIVATE LIMITED" QK, “AKTASH” xususiy korxonasi, “BIOCOM” xususiy korxonasi, "BIOMED PHARMSANOAT" xususiy korxonasi, "GOLDEN MEDIKAL FARM" xususiy korxonasi, “LAFZ” MCHJ, “LEKINTERKAPS” MCHJ, "MEDICAL MAX PHARM" MCHJ, "MUTABAR MEDICAL STANDART" MCHJ, "PHARMA CARE" MCHJ, "TANDEM PHARM" MCHJ, "VIDA VERDE PHARM" MCHJ, "ZAMONA RA‘NO" MCHJ, “ZUMA-PHARMA” MCHJ,, “A.B.BIOKOM” MCHJ, PHARMACOM MEDICINE  MCHJ, MCHJ  shaklidagi "UZGERMED PHARM" QK, MCHJ shaklidagi “JURABEK LABORATORIES” QK,
Toshkent shahar:  «SOG‘LOM YURAK» MCHJ, "AKADEMIK S.YU. YUNUSOV NOMIDAGI O‘SIMLIK MODDALARI KIMYOSI INSTITUTI“, ”ART-SERVIS" xususiy korxonasi, “ASEPTICA” MCHJ, “ATM-PHARM” MCHJ, "BAYAN MEDICAL" MCHJ,"CHINA-UZBEKISTAN MEDICINE TECHNICAL PARK" xorijiy korxonasi, "DENTAFILL PLYUS" MCHJ, "GALENIKA INVEST" MCHJ, "HERBAL PHARMA" MCHJ, "LAXISAM PHARMACEUTICALS" MCHJ, “MEDFLORA” MCHJ, “MEDIOFARM” MCHJ, "NAVBAHOR SANOAT" MCHJ, "NAVKAR GROUP" MCHJ, “NEOGALENPHARM” MCHJ, "NEW LIFE MEDICAL" MCHJ, "NEW WORLD MED" MCHJ, "NIHOL BIOMED" MCHJ, "NIKA PHARM" MCHJ, "OSIYO FARM" MCHJ, "PHARMACON LLC" MCHJ, "QON PREPARATLARI" MCHJ, “RADIKS” MCHJ, "REMEDY GROUP" MCHJ shaklidagi QK, “REMEDY” MCHJ shaklidagi QK, “SALVARE” MCHJ, “SAMO” MCHJ, "SAMSUN-TOSHKENT FARM LTD" MCHJ QK, "SHARQ DARMON" MCHJ, "SOFT INTER MEDICAL" MCHJ, "YADRO FIZIKASI INSTITUTI“, ”ZIYO NUR FARM" xususiy korxonasi, “NAVKAR SH" MCHJ, ‘ATON MEDICINE" MCHJ, AZIYA IMMUNOPREPARAT MCHJ, IMMUNOMED MCHJ, NOVOPHARMA-PLUS" MCHJ QK, RADIOPREPARAT davlat korxonasi, MCHJ shaklidagi "ATM SANITA PHARMA" xorijiy korxonasi, MCHJ shaklidagi "SERENE HEALTHCARE" xorijiy korxonasi, MCHJ shaklidagi "WELL MED PHARM" xorijiy korxonasi, MCHJ shaklidagi "NOBEL PHARMSANOAT" chet el korxonasi
Farg‘ona viloyati: “AFROSIYOBFARM” MCHJ, "VODIY UMUM SAVDO" MCHJ, "ZUNNUR SERVIS FARM" MCHJ, 
Xorazm viloyati:  "OKS MASSAGET" MCHJ, "JAYXUN INVEST" MCHJ.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech