O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalarini markirovkalash nima degani? Shu haqida maʼlumot bersangiz.

Markirovka — import qilinadigan tovarning isteʼmol upakovkasidagi va (yoki) idishdagi matn, rasmlar yoki maʼlumot beruvchi belgilar.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 5 fevraldagi «Import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi №22-son qaroriga muvofiq:

Isteʼmol upakovkasiga (idishiga) ega bo‘lgan dori vositalarini (TIF TN bo‘yicha kodi 3004) import qilish davlat tilida majburiy markirovka qilingan holda amalga oshiriladi.

Import qilinadigan dori vositalarini markirovka qilish isteʼmol upakovkasiga (idishiga) isteʼmolchi uchun davlat tilidagi axborotni qistirma varaqa shaklida joylashtirish yo‘li bilan, upakovkasida qo‘shimcha markirovkasiz amalga oshiriladi.

Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo‘yiladigan davlat tilidagi markirovkasi mavjud bo‘lmagan taqdirda import qilinayotgan dori vositalarini ular O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgandan keyin, bojxona omborida saqlash vaqtida, guruhli upakovkaga davlat tilidagi qistirmalarning tegishli birliklarini joylashtirish yo‘li bilan markirovka qilishga yo‘l qo‘yiladi.

Dori vositalari markirovkasining davlat tilidagi matni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori-darmonlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech