O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dorini qanday tartibda va qancha suv bilan ichish kerak?

Har doim dori ichishga to‘g‘ri kelganda uning qancha suv bilan ichilishi kerakligini dorining yo‘riqnomasiga qarab bilib olish kerak. Suvning to‘g‘ri miqdori dori xususiyati va uni qabul qilayotgan insonning tibbiy holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Agar dori bilan qancha suv ichish kerakligi haqida maʼlumot bo‘lmasa, farmatsevt yoki shifokordan maslahat so‘rash lozim.

Dori bilan qaysi turdagi suyuqlik isteʼmol qilishni bilish kerak. Sut, sharbat va ovqat bilan dori ichish tavsiya qilinmaydi, ular dorining so‘rilishiga taʼsir qilishi mumkin. Dorini, asosan, oddiy suv bilan ichish eng yaxshi tanlov hisoblanadi. Lekin ayrim dorilarda bu istisno qilinishi mumkin. Shuning uchun qanday suyuqlik bilan dori ichishni yo‘riqnomadan yoki mutaxassisdan aniqlashtirish kerak.

Agar insonning tibbiy holati maʼlum muddat suyuqlik ichish yoki ovqat tanovul qilishdan tiyilib turishni talab qiladigan bo‘lsa, ichilishi kerak bo‘lgan dorini shifokor maslahatisiz qabul qilish kerak emas. Mutaxassis holatni aniqlashtirib, eng to‘g‘ri javobni aytadi.

Manba

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech