O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dorixonada elektr energiyasi vaqtincha o‘chirilganda, xaridorga tovar cheki bermasa bo‘ladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son Qarori bilan tasdiqlangan, "Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga ko‘ra:

Dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan birga sotib oluvchiga identifikatsiya maʼlumotlari (nomi, dozasi, qadoqlash, miqdori), dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarining nomi, ularni beruvchi shaxsga oid maʼlumotlar, berish sanasi va narxi ko‘rsatilgan tovar cheki beriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirining 2017 yil 17 avgustdagi 106-sonli (2017 yil 11 sentyabrda 2927-son bilan Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan) buyrug‘iga binoan, Tovar cheklarini berish bo‘yicha asbob-uskunalar mavjud bo‘lmagan yoki nosoz bo‘lgan yoxud elektr energiyasi vaqtincha o‘chirilgan hollarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobining shakli tasdiqlangan.

Xujjatga muvofiq, tovar cheklari kitobi titul varaq va varaqlarining tikish joyi bo‘yicha tikiladi. Bunda tovar cheklari kitobining titul varag‘i kitobning birinchi varag‘i hisoblanadi. Tovar cheklari kitobi 15 x 21 sm o‘lachamda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish uchun xarid qilish yoki nazorat natijalari bo‘yicha olingan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash bo‘yicha tartibni buzish faktini tasdiqlovchi tovar va kassa cheklari dorixonaning litsenziyasini to‘xtatib turish yoki tugatish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining
Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi boshlig‘i Ulug‘bek Jumaniyazov

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech