O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dorixonalarda dori vositalarining narxi qanday? — Jamoatchilik nazorati natijalari

O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2020 yilning 3 avgust kuni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan uy sharoitida COVID-19 infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan “Azitromitsin”, «Askorbin kislotasi», “Gidroksixloroxin”, “Paratsetamol” dorilarining dorixonalarda sotuvda mavjudligi, ularning narxi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishda davom etdi. Federatsiya matbuot xizmati ushbu monitoring natijalari haqida quyidagilarni maʼlum qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman (shahar)larida faoliyat ko‘rsatayotgan dorixonalar tanlanma usulda o‘rganilganda mazkur dorixonalarda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tavsiya etilgan «Askorbin kislotasi» 1000-1500 so‘mgacha, “Paratsetamol” 500-1500 so‘mgacha, “Azitromitsin” 6 mingdan so‘mdan 34000 ming so‘mgacha, sotilayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Andijon viloyatining dorixonalarida bu ko‘rsatkich «Askorbin kislotasi» 500-3500 ming so‘mgacha , “Paratsetamol” 450-1200 so‘mgacha, “Azitromitsin” ning narxi 4500 mingdan 38 ming so‘mgacha ekanligi aniqlandi.

Buxoro viloyati hududidagi dorixonalarda «Askorbin kislotasi» 4500-38000 so‘mgacha, “Paratsetamol” 500-1500 gacha, “Azitromitsin” dorilari 300 dan 4000 so‘mgacha sotuvda.

Jizzax viloyati hududidagi dorixonalarda ham «Askorbin kislotasi» 1200-2000 so‘mgacha, “Paratsetamol” 500-1500, “Azitromitsin” 5000-15000 so‘mgacha sotuvda mavjud.

Qashqadaryo viloyati hududidagi dorixonalarida olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, «Askorbin kislotasi» 500-5000 so‘mgacha, “Paratsetamol” 500-1500, “Azitromitsin” 5000-15000 so‘mgacha sotilmoqda. 

«Askorbin kislotasi» 700-5000 gacha, “Paratsetamol” 500-1100 gacha “Azitromitsin”dori vositasi esa 5000-15000 so‘mgacha Navoiy viloyatining dorixonalarida sotilmoqda.

Sirdaryo viloyati dorixonalarida «Askorbin kislotasi» 1000-3000 so‘mgacha, “Paratsetamol” 500-1500, “Azitromitsin” esa 5000-43000 so‘mgacha sotilyapti.

Farg‘ona viloyatining dorixonalarida «Askorbin kislotasi» 500-4000 gacha , “Paratsetamol” 500-1200, “Azitromitsin” 5 mingdan 15 ming so‘mgacha turibdi.

Xorazm viloyatida esa «Askorbin kislotasi» 500-3000 gacha, “Paratsetamol” 500-1500, “Azitromitsin” 4000 dan 20000 so‘mgacha .

Toshkent viloyatida «Askorbin kislotasi»1000dan 4000 gacha, “Paratsetamol” 1000 so‘mdan “Azitromitsin” 8000 dan so‘mdan 17000 so‘mgacha sotilyapti.

Toshkent shahrida esa «Askorbin kislotasi»500-3000 gacha, “Paratsetamol” 1000-1500 gacha “Azitromitsin” 6500dan 44000 so‘mgacha sotilayotganligi aniqlandi.

Namangan viloyatining «Askorbin kislotasi»500-4000 gacha, “Paratsetamol” 600-1000 gacha “Azitromitsin” 4000- 12000 so‘mgacha, “Plakvenill” dorisi 234 ming so‘mdan sotilayotganligi kuzatildi. Uning zaxirasi ham 40 dona qutidan iborat.

Federatsiya tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida COVID-19 infeksiyasini uy sharoitida davolash uchun zaruriy dori vositalar narx-navosi doimiy o‘rganib boriladi hamda bu borada keng jamoatchilik xabardor qilinadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech