O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dorixonalarda ustamalar 20 foiz o‘rniga 93 foizgacha qo‘llanilgani aniqlandi

Bugun AOKA zalida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati rahbari Mohruxsor Tog‘ayeva ishtirokida o‘tkakzilgan brifingda pandemiya davrida dori-darmon vositalari narxining oshishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan maʼlumot berildi.

Agentlik tomonidan respublikamizda viruslarga qarshi, immunitetni oshirish va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan dori vositalari narxining oshib ketishini oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aholi talabi yuqori bo‘lgan 91 ta savdo nomidagi dori vositalarini dorixonalarda mavjudligi va ularning chakana narxlari yuzasidan kunlik monitoring amalga oshirilib kelmoqda.

Joriy yil 23 iyuldan 9 oktyabrgacha 3 mingta dorixonada monitoring kuzatuvlari o‘tkazildi.

Agentlik tomonidan 140 ta dorixonada tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan, 30 tasida belgilangan ustamalarni 20 foiz o‘rniga 93 foizgacha qo‘llanilgani, 17 ta holatda yaroqlilik muddati o‘tgan, ro‘yxatdan o‘tmagan va kirim hujjati mavjud bo‘lmagan dori vositalarini realizatsiya qilish, 18 ta holatda litsenziyasiz faoliyat va boshqa kamchiliklar aniqlangan.

Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan jami 28 ta dorixonaga ish qo‘zg‘atilib, ortiqcha olingan 2 million 800 ming so‘m pul mablag‘i isteʼmolchilarga qaytarilgan. Hamda litsenziya shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi holati bo‘yicha hujjatlar mutasaddi tashkilotlarga yuborilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech