O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dunyoga koronavirusning yangi shtammi xavf solmoqda(mi?)

Hozirda Buyuk Britaniya olimlari u yerda koronavirusning yangilangan shtammi tarqalayotgani haqida aytishmoqda. Ularning taʼkidlashicha, bu turning avvalgi koronavirus infeksiyasiga nisbatan yuqumliligi 71 foiz bo‘lib, odatiy COVID-19ga qaraganda o‘ta yuqumlidir.

Shundan kelib chiqib, qator mamlakatlar Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatib turibdi. Xo‘sh, dunyo ahlini tahlikaga solib turgan koronavirusning mutatsiyaga uchragan shtammi qanchalik xavfli, u infeksiyaning hozirgi shaklidan qanday farq qiladi? SSV Matbuot xizmatining shu kabi savollariga vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi:

— Biz shuni unutmasligimiz kerakki, har qanday virus atrof-muhitga moslashish davrida mutatsiyaga uchraydi. Mutatsiyaning qanchalik keng ko‘lamda bo‘lishi virusning tarqaluvchanligi bilan bog‘liq, yaʼni kasallikni yuqtirgan har uchinchi, to‘rtinchi odamda bu virus mutatsiyasi kuzatiladi. Koronavirusning keng tarqalayotgan mutatsion shtammi sentyabr oyida birinchi bor Buyuk Britaniyada aniqlangan, bugungi kunda 60 nafardan ortiq provinsiyada bu shtamm kuzatilayotgani haqida maʼlumotlar mavjud.

Olimlarni kuzatishi bo‘yicha COVID-19ning mazkur shtammi ko‘proq bolalar va yoshlarda aniqlanmoqda hamda kasallik belgilarida deyarli o‘zgarish yo‘q. Lekin bu shtamm aniqlanganiga xali ko‘p vaqt bo‘lmagani bois, kasallikning og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kechuvi haqida maʼlumotlar yetarli emas. Bu esa bizni yana-da xushyor bo‘lishga chorlaydi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech