O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Eksport qiluvchilarning chet eldagi ayrim xarajatlari kompensatsiya qilinadi

Vazirlar Mahkamasi qarori (167-son, 30.03.2021 y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi.

Kiritilgan oʼzgartirishga koʼra, eksport qiluvchilarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʼliq chet eldagi xarajatlari Davlat byudjetidan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalardan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʼbatlantirish agentligiga ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilinadi. (Ilgari bu turdagi xarajatlar kompensatsiya qilinmagan.)

Oʼzgartirishga koʼra, endilikda Аgentlik:

➖ ham respublikada, ham chet elda standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish boʼyicha eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy koʼmaklashadi, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ushbu yoʼnalishlarda xarajatlarning tegishli qismini qoplash yoʼli bilan roʼyxatdan oʼtkazadi;

➖ koʼrgazma stendlarini tashkil etishda va xalqaro koʼrgazmalar-yarmarkalarda ishtirok etishda, taqdimotlar va reklama kampaniyalarini oʼtkazishda, shu jumladan, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlar (tovar belgilari)ning potentsial sotish bozorlariga kirishda eksport qiluvchilarni hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy qoʼllab-quvvatlaydi.

Eslatib oʼtamiz, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 apreldan mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʼliq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Аgentlik mablagʼlari hisobidan qoplab beriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech