O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Yevrosiyoning eng yaxshi farmatsevtika kompaniyalari Samarqandda taqdirlanadi

26-28-sentabr kunlari Samarqandda IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti bo‘lib o‘tadi. (https://uzpharmagency.uz/oz/news/global-pharmaceutical-leaders-club-sizni-uzbekiston-respublikasi-investitsijalar-sanoat-va-savdo-vazirligi-uzuridagi-farmatsevtika-tarmoini-rivozhlantirish-agentligi-kumagida-bulib-utadigan-iv-evrosie-farmatsevtika-sammitiga-taklif-etadi) Mukofot laureatlari IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti doirasida taqdirlanadilar.

Sizda nufuzli Eurasian Pharma Awards tanlovi sovrindorlari shohsupasida turish uchun noyob imkoniyat bor! Global Pharmaceutical Leaders' klubi farmatsevtika sohasi yetakchilari o‘rtasida ketma-ket to‘rtinchi yil ushbu tanlovni o‘tkazmoqda.
Eurasian Pharma Awards nima?
Eurasian Pharma Awards — O'rta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlari farmatsevtika sanoatining yetakchi kompaniyalari va mutaxassislarini birlashtiradigan yorqin tadbirdir. Tanlov sohaning xilma-xilligi va innovatsiyalarini aks ettiruvchi 16 yo'nalishdagi nominatsiyalar “Yil kompaniyasi (mahalliy va xalqaro)”, “Yil distribyutori”, “Yilning eng yaxshi dorixonalar tarmog‘i”, “Yil eksportchisi”, “Yil innovatsiyasi”, “Yilning raqamli loyihasi” "va boshqalar bo‘yicha o‘tkaziladi. Bu sizning ilg'or tajribalar, yutuqlar va farmatsevtika rivojiga qo'shgan hissalaringizni namoyish qilish imkoniyatidir.

Arizalar 18-avgust kuniga qadar mukofot veb-saytida qabul qilinadi. G‘oliblar 31 avgustga qadar O'rta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa farmatsevtika bozorlari ekspertlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi. Shuningdek, uch kun davomida yuzdan ortiq ma’ruzachilar O'rta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropada sanoatni rivojlantirish tendensiyalarini muhokama qiladilar.

Tanlovda qanday qilib ishtirok etish mumkin?
Tanlovda qatnashish bu innovatsiyalar va yutuqlaringizni jahon hamjamiyati bilan baham ko'rish imkoniyatidir. Arizalar 18 avgustga qadar qabul qilinadi va g‘oliblar 26 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Yevrosiyo farmatsevtika sammitida tantanali marosimda e’lon qilinadi.
Arizalar veb-sayt orqali qabul qilinadi: https://eurasianpharmasummit.com/eurasian-pharma-awards-2023-ru/?partner=40
Evrosiyo farmatsevtika sammiti haqida batafsil ma'lumot veb-saytda: https://eurasianpharmasummit.com/?partner=40

Eurasian Pharma Awards mukofotini qo'lga kiritish va farmatsevtika sanoati tarixida o'z nomingizni qoldirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech