O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi

Xabaringiz bor “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (41-son, 29.01.2021 y.) qabul qilinganligi haqida maʼlumot bergan edik.

➖ Qarorga muvofiq, Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

➖ Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan
va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxati;

➖ Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mazkur qaror ijrosi yuzasidan mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmlari va nomenklaturasini oshirish, davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishtirokini kengaytirish maqsadida barcha farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardan ushbu qaror ilovasida keltirilgan Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatida keltirilgan TIF TN kodlariga:

- 3004 20 000 1
- 3004 32 000 9
- 3004 90 000 1
- 3004 90 000 2
- 3006 40 000 0
- 9018 20 000 0
- 9018 31 100 1
- 9018 31 100 9
- 9018 32 100 0
- 3004 10 000 1
 

tegishli bo‘lgan mahalliy dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning ro‘yxatini qisqa muddatlarda Agentlikning Ishlab chiqarish masalalari boshqarmasiga (produce@uzpharmagency.uz) ilovaga muvofiq taqdim etilishini so‘raydi.

Murojaat uchun: Tel.71 203-81-81 (231)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech