O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti tomonidan koronavirusga qarshi yaratilgan preparatga patent berildi

Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti farmatsevt va farmakolog olimlari hamkorligida tabiiy va mineral manbalar asosida biotexnologik va kimyoviy sintez usuli bilan ko‘p komponentli “Antikovir” preparati yaratildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, klinikagacha va klinik tekshiruvlarda preparatni koronavirus infeksiyasini hujayralar ichiga kirishining oldini olish, virusga qarshi samarali taʼsir ko‘rsatishi va gumoral immunitetni oshirishi aniqlandi.

Preparat komponentlari antikoagulyant, antioksidant, sitoprotektor va immun tizimini stimullovchi hamda bakteriyalar va viruslarga qarshi faollikni taʼminlaydi. Klinik tekshiruvlarda preparatni nojo‘ya taʼsirlari kuzatilmadi, 92% bemorlarda yuqori samarali taʼsiri aniqlandi.Preparatning tovar belgisi Intellektual mulk agentligi tomonidan 2020 yil 13 noyabrda ro‘yxatga olingan edi. Joriy yil 14 fevralda esa Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan viruslar, jumladan COVID-19 virusi bilan chaqirilgan koronavirus infeksiyasi, postkovid sindromini davolash va profilaktika qilish vositasi sifatida ro‘yxatga olindi.

“Antikovir” preparatiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan №IAP 06876 raqamli patent berildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ixtirolar reyestrida 7 aprel kuni ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech