O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ogohlantiradi

Rossiya Federatsiyasining “Farmstandart-Tomskximfarm” OAJ Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga murojaatida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan “Levomitsetin tabletki 0.5 g №10”, seriya 120319, yaroqlilik muddati “04.24” bo‘lgan dori vositasi qalbakilashtirilganligi to‘g‘risida maʼlum qilgan.

Maʼlumot uchun “Levomitsetin tabletki 0.5 g №10” dori vositasi “Farmstandart-Tomskximfarm” OAJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi uchun 2014 yil aprel oyidan buyon ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan bo‘lib, oxirgi ishlab chiqarilgan 10414 seriyali dori vositasining yaroqlilik muddati 2019 yil may oyida tugagan.

Shuningdek, “Levomitsetin tabletki 0.5 g №10” dori vositasining O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik muddati 2016 yil iyun oyida yakuniga yetgan. (RU № B-250-95 № 38106 20.06.2011 yildan 20.06.2016 yilgacha)

Yurtimizda dori vositalarining ulgurji va chakana realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi hurmatli tadbirkorlar!

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunining 23-moddasiga muvofiq, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish maqsadida saqlash, tashish taʼqiqlanadi.

Shuningdek, “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish, litsenziyaning amal qilishini tugatishga olib keladigan litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech