O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi axboroti

Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ning 11-bandida belgilangan vazifani ijrosini ta’minlash hamda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalarini jamoatchilik e’tiboriga yetkazish maqsadida, Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi axborot beradi.

Namangan viloyatida joylashgan “GLOBAL GRAND FARM” xususiy korxonasida aniqlangan litsenziya talab va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzilish holatlari bo‘yicha mazkur korxonaga dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish uchun berilgan 2018 yil 13 martdagi 15192 ro‘yxat raqamli lisenziyaning amal qilish muddatini tugatishni so‘rab, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Namangan tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da’vo arizasi sudning  2021 yil 4 fevraldagi  4-1601-2104/78-son hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va  “GLOBAL GRAND FARM” xususiy korxonasiga farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi tugatildi.

Shu bilan birga, Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi farmasevtik lisenziatlarni ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini,  ishlab chiqarish, saqlash va  realizasiya qilish respublikaga noqonuniy yo‘llar orqal kirib kelgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va realizasiya qilishga  yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida yana bir bor ogohlantiradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech