O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Tailand davlat farmatsevtika tashkiloti vakillari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 25 sentyabr kuni Bosh konsulxona tomonidan O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Tailand davlat farmatsevtika tashkiloti vakillari ishtirokida videokonferensiya shaklida muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Videomuloqot davomida tomonlar COVID-19 pandemiyasi davrida farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan pandemiya davrida O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, koronavirus bilan kasallangan fuqarolarga zaruriy dori-darmon vositalari davlat tomonidan bepul yetkazib berilayotgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, videokonferensiya davomida aholini koronavirusga qarshi vaksina bilan ta’minlash masalasining dolzarbligi alohida qayd etildi. Tailand davlat farmatsevtika tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, hozirda koronavirusga qarshi vaksina yaratish bo‘yicha Tailand yetakchi institutlarning tadqiqot guruhlari tomonidan izlanishlar olib borilmoqda.

Videomuloqot davomida mamlakatimiz Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Tailand davlat farmatsevtika tashkilotiga O‘zbekistonda dori-darmon vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklifi bildirildi.

Tailand tomoni, o‘z navbatida, ushbu masalani batafsil o‘rganib chiqishga va ikki tomonlama muloqotlarni kelgusida ham davom ettirish muhimligini ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan ikki tomon kelgusida ham, shu jumladan Tailandda vaksinalar tayyorlashda ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda o‘zaro tajriba almashish va doimiy aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.

Bosh konsulxona ikki tomonlama manfaatlarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston va Tailandning davlat hamda turli xususiy tuzilmalari o‘rtasida onlayn uchrashuvlar tashkil etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech