O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Foydali maslahatlar: Xurmo o‘simligidan eng ko‘p tayyorlanadigan tabiiy retseptlar

Xurmo sharbati surunkali diareyadan xalos bo‘lishda yordam beradi. 6 ta pishgan mevani bo‘laklarga kesib, ularni 3 stakan qaynab turgan suvga solib, 20 daqiqa davomida qopqog‘i yopiq holda ushlanadi. Qaynatmani dokada suzib olib, 0,5 litrdan har 4 soatda qabul qilish kerak.

Gipertoniya va shishlarda xurmo barglarini yuvib, quritib, hovonchada maydalanadi. 5-7 kun davomida har kuni 2 mahal ovqatdan keyin ¼ choy qoshiqdan qabul qilish lozim.

Xurmo mevasi temir moddasiga boy, shu bois uning sharbatini kuniga 2 mahal ovqatdan oldin 50-100 ml dan qabul qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, u asab tizimini tinchlantiradi, ish layoqatini oshiradi.

Tomoq og‘riganida bir dona pishgan xurmo mevasining sharbatiga 3,5 osh qoshiq iliq suv qo‘shgan holda chayqash juda foydali.

Xurmo yurak kasalliklariga ega kishilar uchun juda foydali, chunki unda kaliy moddasi ko‘p bo‘lib, u bemalol valokordin preparatining o‘rnini bosishi mumkin. Har kuni 2-3 dona xurmo mevasini isteʼmol qilsangiz, yurak xastaliklari haqida uzoq vaqt eslamaysiz.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech