O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

«Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirildi

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 1 iyundagi «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqidagi O‘RQ-774-son Qonuni 1-moddasiga muvofiq, «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirildi:

«Birlamchi mahsulotni ishlab chiqarishdan (qayta ishlashdan) qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadigan, IV ro‘yxat doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim prekursorlarni ushbu Qonunda nazarda tutilgan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash yuridik shaxslar tomonidan ularda muayyan prekursorlarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash uchun litsenziyalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi»;

To‘rtinchi qism beshinchi qism deb hisoblanishi belgilandi.

Shuningdek, yuqoridagi Qonunning 3-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

☑️ muomalada bo‘lishi cheklangan prekursorlarni sotib oluvchilarning va ulardan yakuniy foydalanuvchilarning reyestrini yuritish tizimi joriy etilishini taʼminlashi;
☑️ prekursorlarning ishlab chiqarilishi, tayyorlanishi va realizatsiya qilinishi ustidan nazorat mexanizmlarini kuchaytirish choralarini ko‘rishi;
☑️ hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirishi;
☑️ davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlashi belgilandi.

Davlat markazi Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech