O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Grippga qarshi sifatli vaksinani qayerdan olish mumkin va qanchadan keyin organizmda grippga qarshi immunitet paydo bo‘ladi?

Joriy yilning 22 sentyabr kuni, Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aholini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Grippga qarshi sifatli  vaksinani qayerdan olish mumkin va qanchadan keyin organizmda grippga qarshi immunitet paydo bo‘ladi?  

– Grippga qarshi vaksina bilan maxsus tashkil qilingan emlash markazlariga borgan holda emlanish mumkin.  

Aholi yurtimizdagi mavjud vaksinalarning sifatiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Chetdan olib kirilayotgan har bir vaksina sifati va samaradorligi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasasi tomonidan tekshirilib, amaliyotga joriy qilishga ruxsat beriladi.  

Yurtimizga turli davlatlardan samaradorligi eng yuqori bo‘lgan vaksinalar olib kelinadi. Vaksina qabul qilayotganda har bir fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra turli davlatda ishlab chiqilgan vaksinadan birini tanlaydi. Mavsumiy grippga qarshi vaksina organizmda 15 kun ichida mikroblarga qarshi immunitet ishlab chiqadi. Taʼsir kuchi 1 yilga yetadi.  

Emlashdan oldin shifokor tomonidan albatta emlanuvchi shaxsning umumiy salomatligi tekshirilib, shunga ko‘ra vaksinatsiya qilish-qilmaslik belgilanadi. Yaʼni, emlanadigan kishi shamollash, nafas olish yo‘llari yallig‘lanishi kabi kasalliklardan tamoman sog‘lom bo‘lishi kerak. Shuningdek, vaksina tarkibidagi komponentlarga nisbatan allergik taʼsirchanlik darajasi ham tekshiriladi. Shuning uchun vaksinatsiyadan oldin shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech