O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xalqaro ko‘rgazmada Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi eʼtirof etildi

Joriy yilning 4-5-6 aprel kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan "MedExpo Kyrgyzstan 2022" xalqaro ko‘rgazmasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi eng yaxshi hamkor sifatida eʼtirof etilib, maxsus diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek "Made in Uzbekistan" brendi ostida ko‘rgazmada ishtirok etgan barcha mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ham alohida diplomlar taqdim qilinib, tadbir tashkilotchilari tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi bosh mutaxassisi Sharofiddin Mirxaitovning taʼkidlashicha, ushbu platforma maydoni mamlakatimiz farmatsevtika sanoatining eksport salohiyatini va ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlarimizning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Aytish joiz, "MedExpo Kyrgyzstan 2022" xalqaro ko‘rgazmasi mavjud investitsiyaviy jozibardorlikdan foydalangan holda xorijiy investorlarni yurtimizga jalb etish shuningdek, sohada qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro iqtisodiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va yana-da mustahkamlash bo‘yicha o‘ziga xos imkoniyat manzilidir.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech