O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ilmiy tashkilotlarning 2020 yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari boʻyicha milliy reytingi ishlab chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yoʻnaltirilgan milliy reyting tizimini joriy etish yuzasidan tegishli topshiriq belgilangan.

Shuningdek, Farmonning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 39-bandida mamlakatning ilmiy-texnik salohiyatini baholash, bunda ilm-fan sohasi holati va uni yanada rivojlantirish tendensiyalarini tahlil qilish, mahalliy ilmiy-texnik salohiyatning «kuchli» va «zaif» tomonlarini aniqlash va tahlil qilish asosida ilmiy-tadqiqot dasturlarining samaradorligi va natijadorligini baholash vazifalari qoʻyilgan.

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 11 maydagi 274-son qaroriga asosan “Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan.

Nizomga asosan 26 ta vazirlik va idora tasarrufida faoliyat koʻrsatayotgan jami 105 ta ilmiy tashkilotlardan soʻrov asosida ularning ilmiy-innovatsion faoliyatiga oid  27 yoʻnalish boʻyicha 75 ta koʻrsatkichdan iborat rasmiy ma’lumotlar tahlil qilindi, uning natijalariga koʻra  ilmiy tashkilotlarning 2020 yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari boʻyicha milliy reytingi ishlab chiqildi.

Ta’kidlash joizki, “Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 8-bandiga muvofiq soʻralgan ma’lumotlar va  asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilmaganligi sababli 4 ta ilmiy tashkilot reytingga kiritilmadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son Farmoniga muvofiq 2021 yilda xalqaro mustaqil ekspert kompaniyalarini jalb etgan holda barcha davlat ilmiy tashkilotlarining ilmiy-innovatsion faoliyatini auditdan oʻtkazish yuzasidan tegishli topshiriq belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga asosan:

ilmiy tashkilotlarning holati va ish faoliyatini baholash, ilm-fanni taraqqiy ettirish boʻyicha davlat siyosatini muvofiqlashtirish va strategik rivojlanishning vazifa hamda yoʻnalishlarini belgilash, ilmiy-tadqiqot sohasi rivojlanishining salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlash uchun tizimli ravishda (har uch yilda bir marotaba) mahalliy ilmiy salohiyat, davlat ilmiy-texnik ekspertizasi va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari xalqaro audit tashkilotlari tomonidan mustaqil ilm-fan auditidan oʻtkaziladi;

mustaqil ilm-fan auditi oʻtkazishga bevosita vakolatli davlat organi – Innovatsion rivojlanish vazirligi mas’ul boʻlib, audit natijalariga koʻra yangi infratuzilmalar va fan yoʻnalishlari tashkil qilinadi, mavjudlari samaradorligiga koʻra kengaytiriladi (yoki qisqartiriladi) va yangi yoʻnalishlar ustida faoliyat yuritish uchun qayta shakllantiriladi.

Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan respublikamizning barcha davlat ilmiy tashkilotlarining ilmiy-innovatsion faoliyatini auditdan oʻtkazish maqsadida xalqaro tender oʻtkazildi. Oʻtkazilgan xalqaro tender natijalariga koʻra Belarus Respublikasining “Belarus ilmiy-texnik sohani tizimli tahlili va axborot ta’minoti instituti (BelISA)” davlat muassasasi gʻolib chiqdi va mazkur tashkilot bilan belgilangan tartibda shartnoma imzolangan.

Hozirgi kunda “BelISA” davlat muassasasi  tomonidan mustaqil ilm-fan auditi tasdiqlangan reja asosida oʻtkazilmoqda. Shartnomaga muvofiq  audit 2021 yilning dekabr oyida yakunlanadi.

Ilmiy tashkilotlarning 2020 yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari boʻyicha milliy reytingi hamda mustaqil ilm-fan auditi natijalari umumlashtirilgan holda har bir ilmiy tashkilot kesimida tuzilmaviy oʻzgartirishlarni amalga oshirish, yangi ilmiy yoʻnalishlar tashkil qilish, mavjudlarini samaradorligiga koʻra kengaytirish / modernizatsiya qilish (yoki qisqartirish) yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqiladi.

Hozirgi kunda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 iyuldagi
08/1-2389-son topshirigʻiga asosan reyting koʻrsatkichi boʻyicha past natijalarga ega ilmiy tashkilotlarning yuqori turuvchi vazirlik va idoralari tomonidan ortda qolayotgan mezonlar asosida zarur choralar koʻrish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

Chora-tadbirlar rejasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan kelgusi bir oy mobaynida 26 ta vazirlik va idora tasarrufida faoliyat koʻrsatayotgan jami 105 ta ilmiy tashkilotlarning 27 yoʻnalish boʻyicha 75 ta koʻrsatkichdan iborat reytingga oid ma’lumotlari asosida turkum tahliliy materiallar berib boriladi.

Ilmiy tashkilotlarning 2020 yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari reytingi

Ilmiy tashkilotning nomi

Ilmiy tashkilotning yuqori turuvchi vazirlik / idorasi

Reyting bali

1

Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti

Fanlar akademiyasi

90,77

2

Bioorganik kimyo instituti

Fanlar akademiyasi

79,95

3

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari  ilmiy-tadqiqot instituti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

77,81

4

“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati

“Oʻzpaxtasanoat” AJ

76,19

5

Ilgʻor texnologiyalar markazi

Innovatsion rivojlanish vazirligi

76,05

6

“Fan va taraqqiyot” DUK

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi

75,37

7

Genomika va bioinformatika markazi

Fanlar akademiyasi

75,05

8

Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti

Sogʻliqni saqlash vazirligi

74,23

9

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Suv xoʻjaligi vazirligi

73,63

10

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

72,00

11

Botanika instituti

Fanlar akademiyasi

70,57

12

Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti

Fanlar akademiyasi

69,65

13

Yadro fizikasi instituti

Fanlar akademiyasi

69,59

14

Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

68,18

15

Geologiya va geofizika instituti

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

68,12

16

Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti

Fanlar akademiyasi

66,19

17

Matematika instituti

Fanlar akademiyasi

65,70

18

Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

65,02

19

Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

64,16

20

Mineral resurslar instituti

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

63,99

21

Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

61,64

22

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

Fanlar akademiyasi

61,16

23

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti

Energetika vazirligi

60,69

24

Materialshunoslik instituti

Fanlar akademiyasi

60,49

25

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash
ilmiy-tadqiqot instituti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

60,47

26

Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

60,22

27

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

58,60

28

Biofizika va biokimyo instituti 

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi

58,58

29

Fizika-texnika instituti

Fanlar akademiyasi

58,34

30

Astronomiya instituti

Fanlar akademiyasi

58,19

31

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy innovatsion markazi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

57,93

32

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

56,83

33

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti

Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi

56,64

34

Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

55,30

35

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

53,98

36

San’atshunoslik instituti

Fanlar akademiyasi

53,41

37

Botanika instituti huzuridagi
Botanika bogʻi

Fanlar akademiyasi

52,63

38

 Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti

Fanlar akademiyasi

51,90

39

Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

51,62

40

Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi

51,57

41

Zoologiya instituti

Fanlar akademiyasi

51,27

42

Mikroelektronika va yarimoʻtkazgichlar fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi

51,22

43

Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

51,05

44

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

51,02

45

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

50,70

46

Sabzavot, poliz ekinlar va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

50,69

47

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

50,28

48

Respublika ixtisoslashtirilgan Terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

49,96

49

Immunologiya va inson genomikasi instituti

Fanlar akademiyasi

49,57

50

Sanitariya, gigiyena va professional kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti

Sogʻliqni saqlash vazirligi

48,89

51

Xorazm Ma’mun akademiyasi

Fanlar akademiyasi

48,51

52

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

47,38

53

Konstruktorlik byuro va tajriba ishlab-chiqarish ilmiy-texnik markazi

Fanlar akademiyasi

47,12

54

Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Fanlar akademiyasi

46,63

55

Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

46,36

56

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

Fanlar akademiyasi

45,96

57

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

45,74

58

Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

43,99

59

Mikrobiologiya instituti

Fanlar akademiyasi

43,78

60

Seysmologiya instituti

Fanlar akademiyasi

43,31

61

Oʻzbek-Yapon yoshlar innovatsion markazi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi

42,22

62

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

42,22

63

Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

42,06

64

Tarix instituti

Fanlar akademiyasi

41,49

65

Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

41,47

66

Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti

Sogʻliqni saqlash vazirligi

41,06

67

Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz

Fanlar akademiyasi

40,59

68

Milliy arxeologiya markazi

Fanlar akademiyasi

40,30

69

Umumiy va noorganik kimyo instituti

Fanlar akademiyasi

39,82

70

Navoiy boʻlimi

Fanlar akademiyasi

39,62

71

Respublika ixtisoslashtirilgan Neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

39,22

72

Davlat adabiyot muzeyi

Fanlar akademiyasi

39,15

73

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

38,00

74

Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

37,75

75

Gidrometeorologiya
ilmiy-tadqiqot instituti

Oʻzbekiston Respublikasi
gidrometeorologiya xizmat markazi

37,61

76

Respublika ixtisoslashtirilgan Koʻz mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

35,96

77

Respublika ixtisoslashtirilgan Akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

35,95

78

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash Vazirligi

34,66

79

“Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning muammolari va ilmiy asoslari” ilmiy-tadqiqot markazi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi

34,48

80

Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti

Fanlar akademiyasi

33,55

81

"O'zlitineftgaz" AJ

"O'zbekneftgaz" AJ

32,28

82

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

32,00

83

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

31,44

84

Respublika ixtisoslashtirilgan Allergologiya markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

31,00

85

Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

30,29

86

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi

Fanlar akademiyasi

30,17

87

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti

Sogʻliqni saqlash vazirligi

30,09

88

Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

29,30

89

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi

28,69

90

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti

Davlat statistika qoʻmitasi

28,20

91

Sharqshunoslik instituti

Fanlar akademiyasi

28,00

92

Respublika ixtisoslashtirilgan Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

27,33

93

Respublika ihtisoslashtirilgan Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

27,11

94

Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

26,67

95

Respublika ixtisoslashtirilgan
Urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

26,00

96

 Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

24,55

97

"Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti" UK

Transport vazirligi

22,88

98

Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

20,73

99

"Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi" MCHJ

Transport vazirligi

20,41

100

  Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Fanlar akademiyasi

19,00

101

Toshkent  vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti

Sogʻliqni saqlash vazirligi

12,63

102

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jixatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

11,50

103

"Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti" Davlat korxonasi

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

8,00

104

"Sharq tabobati" ilmiy-tadqiqot instituti

Sogʻliqni saqlash vazirligi

6,00

105

RT-70 Radiorasadxonasi

Fanlar akademiyasi

0,01

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech