O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?

«Bu masala qo‘mitaga taaluqlilik darajasi yuqori bo‘lmasa-da, har yilgi o‘rganishlarga ko‘ra, bunga asosiy sabab — ko‘p xonadonli uylarda issiqlik yetkazib berish tizimining umuman yaroqsiz holga kelganidir.

Yaʼni ko‘p xonadonli uylarda isitish yetkazib berilmasligi natijasida xonadonlarda o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan qo‘lbola isitish pechlaridan foydalanish: uyda gaz yoqish, ovqat pishirish jarayonida bosim pasayishi va hatto uzilish holatlari.

Aholi kechasi bu moslamalarni qarovsiz, yaʼni yoniq qoldirishi oqibatida is gazidan emas, gazning o‘zidan zaharlanadi.

Yana bir sabab — zaharlanmaganda ham, ertalab gaz o‘chib, qayta gaz kelishi tufayli uxlab yotgan kishi uyqusirab chiroqni yoqadi. Natijada uchqundan chatnash, portlash sodir bo‘ladi.

Is gaziga to‘xtaladigan bo‘lsak, bosim pasaysa-pasaymasa ham, olov yonib turaveradi. Xona shamollatilmaydi, havo kirmaydi, yaʼni sovuq kirmasin deb eshik-oynalar yopib o‘tiriladi. Shunda xonada gaz konsentratsiyasi ko‘payib, kislorod kamayib ketadi va o‘pkada asfeksiya degan hodisa ro‘y beradi. Is gazi konsentratsiyasidan atigi ikki marta nafas olgandayoq, shuning o‘zi odam hayotdan ko‘z yumishiga yetarli bo‘ladi».

Baxtiyor G‘ulomov,
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi (AOKAdagi brifingdan)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech