O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ижтимоий тармоқларда "Экспресс тестларни улгуржи сотаяпмиз, нархи 187 минг сўм, сифати кафолатланган, Германияда ишлаб чиқарилган" каби эълонлар тарқалмоқда. Бу қанчалик рост?

Bu savolga 21 iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov javob berdi.

Bu kabi testlarni tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar qo‘yishi va aynan ularning o‘zi natijalarini o‘qishi kerak. Laboratoriya natijasini noto‘g‘ri talqin (interpretatsiya) qilish sizni jiddiy muammolarga yetaklashi mumkin. Men ham ushbu maʼlumotni telefonda ko‘rdim va audioyozuvni eshitdim.

Aynan o‘sha testlarni targ‘ib qilayotgan shaxsning, tibbiyot iboralarini (termin) to‘g‘ri talaffuz qila olmayotganligining o‘zi, bu kabi targ‘ibotchining orqasidan ergashmaslik kerakligi ko‘rsatib turibdi.

Ular kimlarningdur testini “shirpotreb” deyishyaptiyu, tibbiyotga umuman aloqasi bo‘lmagan soha vakili sifatida, o‘zlari targ‘ib qilayapgan ishlarining “shirpotreb”, yaʼni yasama, yolg‘on, qo‘lbola ekanligi ko‘rsatib qo‘ymoqdalar — dedi Nurmat Otabekov.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech