O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Jizzax shahrida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Jizzax shahrida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” o‘z ishini boshladi.

Mazkur sanoat yarmarkasida farmatsevtika, qurilish materiallari, yengil sanoat, avtomobilsozlik, elektrotexnika sohasi korxonalari ishtirokida o‘tkaziladigan mazkur yarmarkada Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari va farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tarmoq korxonalari vakillari ham ishtirok etishmoqda.

Yirik va kichik biznes korxonalari o‘rtasida ichki va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yana-da kengaytirish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirning tantanali ochilish marosimidan so‘ng “Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi taqdimot namoyish etildi.

Yarmarka davomida yirik sanoat va hududiy korxonalar bilan yangi turdagi mahsulotlarni sanoat kooperatsiyasi asosida mahalliylashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishish, shuningdek farmatsevtika tarmog‘i korxonalari tomonidan mahsulot xarid qilish bo‘yicha biitmlar tuzilishi, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish istagini bildirgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan texnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumlarining imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech