O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

JSST koronavirusga qarshi kurashda namuna olsa arziydigan mamlakatni maʼlum qildi

JSSTning favqulodda kasalliklar bo‘limining texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove Vyetnam hukumatining koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish harakatlarini yuqori baholadi va boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida qayd etdi.

«Ular tez va har tomonlama harakat qilishmoqda. Ularda koronavirus tarqalashini nazoratga olishga yordam beradigan tizim mavjud. Aynan mana shu boshqa davlatlarda ham ko‘rishimiz kerak bo‘lgan jihatdir», deydi Mariya Van Kerkxove.

Shuningdek, u Vyetnam yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda katta tajribaga ega ekanligini qo‘shimcha qilgan.

«Juda kam yuk hamda o‘lim darajasini his qilgan mamlakat sifatida ular bunga (tah. koronavirusning yangi avj olishiga) hech qanday imkoniyat qoldirishmaydi va keng tarqalishning oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishmoqda», - dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan Vyetnamda koronavirusning yangi tarqalishiga munosabat bildirgan holda.

Avvalroq Vyetnamning yangi koronavirus tarqalishi o‘chog‘iga aylangan Danang shahri hukumati butun aholini — 1,1 millionga yaqin odamni Covid-19 uchun test-sinovdan o‘tkazishni rejalashtirayotgani maʼlum bo‘ldi.

31 iyulda esa mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon ilk o‘lim holati qayd etildi. Ochiq manbalarga ko‘ra, qariyb 94 yarim million aholisi bor Vyetnamda ayni kungacha 642 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech