O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Kapsula Farm Biznes" MCHJga berilgan litsenziyaning amal qilishi tugatildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar xududiy bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlari natijasiga ko‘ra Toshkent shahar, Shayxontoxur tumanida joylashgan "Kapsula Farm Biznes" MCHJga tegishli dorixona litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi (Jamiyat tomonidan noqonuniy dori vositalari savdosi amalga oshirilayotganligi, yaʼni “Gliatilin” dori vositasini sotib kelayotganligi) holati aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar xududiy bo‘linmasining "Kapsula Farm Biznes" MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2019 yil 27 sentyabrda berilgan TN №211-raqamli litsenziyaning amal qilishini tugatishni so‘rab Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning 2021 yil 19 aprel kunidagi 4-1001-2122/8659-sonli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va "Kapsula Farm Biznes" MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi tugatildi.

Maʼlumot uchun, “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida"gi nizom (ro‘yxat raqami 284-son 12.05.2017)ga asosan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish - faoliyat uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi!

Mazkur nizomga muvofiq Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo‘pol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reyestri va xodimlari reyestrini shakllantiradi hamda ushbu Nizomning 55-bandida ko‘zda tutilgan manzillar reyestri va xodimlar reyestriga kiritilgan maʼlumotlarni ular kiritilgan vaqtdan eʼtiboran uch yil o‘tganidan so‘ng reyestrdan chiqarib tashlaydi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech