O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Kardiolog koronavirusdan tuzalib chiqqanlarga qanday vitaminlar zarurligini maʼlum qildi

Rossiyalik kardiolog olim Tatyana Ribka «Rossiyskoy gazeta»ga intervyu berib, COVID-19 infeksiyasiga chalinib tuzalib chiqqanlarga quyidagi tavsiyalarni berdi.

«Hozir davolanish jadvali ishlab chiqilgan, aksariyat holatlarda uyda ham yakkalanish tartibiga amal qilgan holda davolansa bo‘ladi. Biz bu borada yuzlab misollarni ko‘rdik. Agar bemor koviddan qoidasiga amal qilib davolansa, salbiy oqibatlar juda kam bo‘ladi», — dedi Ribka.

Bundan tashqari, agar bemorlarda COVID-19 dan tuzalib chiqqandan keyin ham lohaslik kuzatilsa, vrach ularga D vitamini va B vitaminlar guruhini qabul qilishni tavsiya qildi. Shuningdek, ushbu muolajalardan tashqari, mehnat va hordiq chiqarish rejimiga amal qilish hamda ko‘p sayrga chiqish ham juda foydali bo‘lishi aytildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech