O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Koronavirus testlarini O‘zbekistonga yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istondan COVID-19 infeksiyasini aniqlaydigan 952 ta testni noqonuniy olib ketishga urindi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri. 20 iyul kuni Turkiston viloyati prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh Sariag‘ash tumanidagi bojxona postini tekshirgan. Tekshiruv chog‘ida, O‘zbekistonlik fuqaro yuk mashinasida umumiy qiymati 3,6 mln. tenge bo‘lgan 56 quti COVID-19 infeksiyasini aniqlaydigan testni olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlangan.

Axborot agentligining haydovchi so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, u testlarni Rossiya Federatsiyasidan olib kelgan. Biroq, u ushbu testlar uchun bojxona postida deklaratsiya topshirmagan.

O‘zbekistonlik fuqaroga esa 2 055 997 so‘m 8 tiyin (Qozog‘iston oylik hisob ko‘rsatgichining 30 baravari) miqdorida jarima solindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech