O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Koronavirusdan tuzalgandan so‘ng uni yana qayta yuqtirib olish xavfi bormi?

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov «Xalqaro press-klub» ko‘rsatuvida qilgan chiqishi davomida koronavirusning qayta yuqishi holati haqida savolga javob qaytardi.

— Koronavirusdan tuzalgandan so‘ng uni yana qayta yuqtirib olish xavfi mavjud emas. Chunki virusli kasalliklar bilan kasallangandan so‘ng turg‘un orttirilgan immunitet paydo bo‘ladi va odam tanasi kasalga qarshi kurasha oladi. Ammo o‘tkir respirator kasalliklar turlari ko‘p va boshqa turdagi virusni yuqtirib olish mumkin. Biroq aynan Covid-19 kasalidan tuzalganlarga yana koronavirus xavf solmaydi. Hatto oradan bir necha yil o‘tgandan keyin ham organizm kasalni oson yenga oladi, — dedi Nurmat Otabekov.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech