O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Koronavirusdan tuzalganlar niqob taqmasa bo‘ladimi?

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan karantin davrida tibbiy niqobdan foydalanish majburiy etib belgilangan. Ushbu tartibga amal qilmaganlik esa maʼmuriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. 

Shifokorlar koronavirusga chalingan bemorlar qayta bu xastalik bilan og‘rimasligi, ularda immunitet hosil bo‘lishini aytmoqda. Xo‘sh, koronavirusga chalinib, sog‘ayib chiqqanlar tibbiy niqob taqmasa ham bo‘ladimi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva quyidagicha javob berdi: 

“Kasallanib tuzalgandan so‘ng immunitet hosil bo‘ladi, lekin bugungi kunda bizda karantin qoidalari bo‘yicha niqobsiz yurish mumkin emas. Shuningdek, kasallikdan tuzalgan bo‘lsangiz ham, hali organizmingiz tiklanmagan, tibbiy niqobsiz yurib boshqa yuqumli kasalliklarga chalinish imkoniyatingiz kuchayadi va siz boshqa kasallik bilan kasallanishingiz mumkin. 

Shu bois, tibbiy niqobni karantin qoidalariga rioya qilgan holda taqib yurish talab etiladi”.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech