O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Koronavirusga chalingan o‘qituvchilar ayrim dorilar bilan bepul taʼminlanadi

Kecha, 17 sentyabr kuni AOKA huzuridagi shtabda Xalq taʼlimi vazirligi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova koronavirus bilan kasallangan o‘qituvchilarni dori-darmon bilan taʼminlash bo‘yicha maʼlumot berdi.

“Joriy yilning 13 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika Maxsus komissiyasining bayoniga asosan, umumtaʼlim muassasalarini koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari, o‘qituvchi va xodimlarning koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishining oldini olish, profilaktika va davolash maqsadida ularning gidroksixloroxin va sink preparati bilan bepul taʼminlanishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu topshiriq yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolangan. Yuqorida nomlari keltirilgan dori-darmonlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan manzilli yetkazish ishlari boshlangan”, - dedi Rustamova.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti gidroksixloroxinni koronavirusga qarshi taʼsirini o‘rganish bo‘yicha sinovlarni to‘xtatgach, bu dori vositasi O‘zbekistonda davolash protokolidan chiqarilgan edi. Keyinroq gidroksixloroxin protokolga qaytib qo‘shilgani maʼlum bo‘ldi. Rasmiylar izohiga ko‘ra, «O‘zbekiston boshqalarning tavsiyasiga emas, o‘z tajribasiga asoslanyapti».

Kun.uz

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech