O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Koronovirusdan tuzalgan shaxslarga nimalar tavsiya etiladi?

AOKAda o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva aholidan tushgan savollarga javob qaytardi:

Koronovirus kasalligidan bemorlar ahvoli yaxshilanishi, salomatlik ko‘rsatkichlarining meʼyorga yaqinlashishi bilan kasalxonadan chiqishga ruxsat etiladi.

Biroq bu bemorlar to‘liq tuzalgan degani emas, chunki virus yangi, uning mutatsiyasi va har odamda turli xil kechishi o‘tayotgani, shuningdek, kasalxonada koronavirusning o‘rtacha, og‘ir va o‘ta og‘ir shakllarini o‘tkazganlar, ayniqsa keksalar organizmida kuzatiladigan o‘zgarishlarni tiklash maqsadida oilaviy shifokorga murojaat qilish talab etiladi.

Baʼzilar kasallikni yengil darajada o‘tkazib, uy sharoitida davolanmoqda, ularni ahvoli yaxshilansa ham, oilaviy shifokor nazoratida maʼlum muddat bo‘lish talab etiladi. Oilaviy shifokor dispanser nazoratiga oladi.

Nazorat davomida bemorlar organizmi tiklanishida paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarga qarab, tor soha mutaxassislari (kardiolog, nevropatolog, pulmonolog, gastroenterolog va boshqalar) konsultatsiya o‘tkazib, bemor organizmiga kasallikdan tiklanishga yordam berishadi.

Kasalxonada davolangan va kasallikni og‘irroq kechirgan bemorlar maxsus reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lib, ularda nafas tiklanishi, yaʼni saturatsiya (hujayralarning kislorod bilan taʼminlanish ko‘rsatkichini ko‘tarish uchun) shifokor nazoratida maxsus dori vositalarni davom ettirishlari, zarurat tug‘ilsa, fizioterapevtik davolarni olishlari kerak bo‘ladi.

Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish (qo‘llarni tez-tez, 20 soniya davomida sovunlab yuvish, tomoqni tez-tez chayish, ko‘p suyuqliklar ichish, sog‘lom ovqatlanish va yengil jismoniy faollikni olib borish) bilan hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan turli xil boshqa yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasini olib borishga yordam beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech