O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Koronovirusni davolashda imbirni dorilar o‘rnida qabul qilsa bo‘ladimi?

Imbir - zanjabil ildizi tarkibida ko‘plab: S, V1, V2 guruh vitaminlar, mineral moddalar: alyuminiy, kaliy, kalsiy, temir, marganes, fosfor, kapril, nikotin va linol kislotalari mavjud. Uning taʼsir qiluvchi moddalari shogaol va gingerol hisoblanadi. Bu moddalar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, o‘smalarga qarshi, antimutagen va boshqa xususiyatlarga ega.

Eksperimental izlanishlar zanjabil ildizining spirtli ekstrakti pnevmoniya va boshqa yuqori nafas aʼzolarining yallig‘lanish kasalliklarida foyda berishini ko‘rsatgan. Lekin uni ham meʼyorida isteʼmol qilish zarur, chunki u bolalarda, homiladorlarda allergiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Zanjabil koronovirus infeksiyasida asosiy dori vositalar bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin, lekin bir o‘zi monoterapiya sifatida yordam bermaydi.

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech