O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotgan yana bir dorixonaga chora ko‘rildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 2-mavze, 58-uy, 15-xonadonda joylashgan "MEDICAL-BUSINESS PHARM" MCHJ dorixonasida o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, respublika sertifikatlashtirish idoralari tomonidan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish, foydlanish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taʼqiqlangan 160 dona “Tropikamid", 3 dona “Regapen” va 107 dona “Selofen” kapsulalari noqonuniy sotilayotganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 2-mavze, 58-uy, 15-xonadonda joylashgan "MEDICAL-BUSINESS PHARM" MCHJga 2019 yil 9 dekabrda berilgan TN 1577-raqamli litsenziyani bekor qilish haqida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va "MEDICAL-BUSINESS PHARM" MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 818-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kuchli taʼsir kiluvchi moddalar ro‘yxati”ga kirgan dori vositalarining chakana realizatsiyasi (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech