O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Litsenziya talab va shartlarini buzgan "CLICK PHARMA" MCHJga chora ko‘rildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar Yunusobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yunusobod tumani, Buyuk Turon MFY. Osiyo ko‘chasi, 21-uy manzilida joylashgan "CLICK PHARMA" MCHJ dorixonasida o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, respublika sertifikatlashtirish idoralari tomonidan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan va qonunga xilof ravishda sotish uchun saqlanayotgan 199 dona “Zardeks” dori vositalari borligi aniklanib, xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar Yunusobod tumani, Buyuk Turon MFY. Osiyo ko‘chasi, 21-uy manzilida joylashgan "CLICK PHARMA" MCHJga 2018 yil 18 iyunda berilgan TS 1166-sonli litsenziyani bekor qilish haqida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va "CLICK PHARMA" MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 818-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kuchli taʼsir kiluvchi moddalar ro‘yxati”ga kirgan dori vositalarining chakana realizatsiyasi (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech