O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona raxbarlari diqqatiga!

Xitoy kompaniyalari bilan imzolangan tashqi savdo bitimlariga tegishli yuklarni tashishda “Lyanyungan – Chjenchjou – Sian – Lanchjou – Urumchi – Qashqar – Ergashtom – O‘sh – Andijon – Toshkent” multimodal transport koridoridan foydalanilmoqda.

Kelishuvga binoan, 2020 yil 1 iyun kunidan boshlab, Xenan, Shensi va Gansu provinsiya Hukumatlari tomonidan mazkur koridor bo‘ylab O‘zbekistonga tashilayotgan yuklar uchun temir yo‘l transporti tariflariga 30-55% subsidiyalar o‘rnatilgan.

Joriy yilning NOYABR oyidan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga yuborilishi belgilangan yuklarni Lanchjou shahrida joylashgan logistika markazida yig‘ish va blok – poyezdlar vositasida tashish rejalashtirilmoqda.

Bu esa Xitoydan import qilayotgan va Xitoyga eksport mahsulotlarni yuborayotgan kompaniyalar uchun bir qator qulayliklar yaratadi. Mazkur koridor bo‘ylab yuk tashishda xalqaro “JST Logistics Corporation Ltd.” kompaniyasi asosiy operator sifatida xizmat ko‘rsatmoqda.

Kompaniya masʼul xodimi Xayfen Van bilan bog‘lanish uchun telefon raqamlari: +86 931-8859099-603; +86 18609315800
Elektron pochta: wanghaifeng@jstwl.com.cn

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech