O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

«Malika» bozoridagi sotuvchi, Uchtepadagi tikuvchi, Samarqandda maktab farroshi, Buxoroda esa haydovchida koronavirus aniqlandi

16 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent shahrida 14 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar, Namangan viloyatida esa 1 nafarni tashkil etdi.

Jumladan, Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi oilaning 3 nafar aʼzosida (dam olish hududiga hordiq chiqarish uchun oilaviy borishgan, bir kun o‘tib, tana harorati ko‘tarilgach, tahlil topshirishgan), shu tumanda yashovchi yana uch nafar fuqaroda: Uchtepa tumanidagi tikuvchilik sexi ishchisida, ishga joylashish uchun namuna toshirgan shaxsda hamda tana harorati ko‘tarilgani sababli poliklinikaga murojaat qilgan fuqaroda kasallik qayd etilgan.

Bundan tashqari, “Malika” savdo majmuasi sotuvchisida (ishga chiqish uchun namuna topshirgan), Yunusobod tumanida yashovchi homilador ayolda (shifoxonaga yotish uchun namuna topshirgan), Sergeli tumanida yashovchi vaqtincha ishsiz fuqaro (tana harorati ko‘tarilgach, uy sharoitida shifokorga murojaat qilmasdan davolangan) va uning 4 nafar oila aʼzosida, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanish uchun namuna topshirgan fuqaroda infeksiya aniqlangan.

Shuningdek, Samarqand tumanida yashovchi nafaqadagi bemorda (onkologiya kasalligi sababli shifoxonaga yotish uchun namuna topshirgan), Samarqand shahridagi 24-maktab farroshi (ko‘krak bezi kasalligi bo‘yicha namuna topshirgan), Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi haydovchida ham kasallik tasdiqlangan.

Ushbu holatlardan kelib chiqqan holda davlatimiz rahbari ham koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkab tus olib borayotganiga alohida eʼtibor qaratib: “Bugun pandemiyaga qarshi kurashda xushyorlik va masʼuliyatni bir karra emas, o‘n karra oshiradigan yangi bosqich boshlanmoqda, desak to‘g‘ri bo‘ladi”, deya alohida taʼkidlab o‘tdilar.

Mazkur holatda, Sog‘liqni saqlash vazirligi, takror bo‘lsa-da, aholini har qadamda xushyor va ogoh bo‘lishlarini, karantin va sanitariya qoidalariga qatʼiy amal qilishlarini so‘raydi. Koronavirus infeksiyasi kutilmagan salbiy asoratlarga olib kelishi, unga qarshi asosiy qalqonimiz, aynan, sanitariya va karantin qoidalariga so‘zsiz amal qilish ekanini aslo unutmasligimiz kerak.

Manba

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida

Manzilimiz: 100084 Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.

Telefon:  (998 71) 203-81-81

Elektron manzil: farmagentlik@minzdrav.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech