O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mikrobiologiya institutida yangi laboratoriya tashkil etildi

O‘zR FA Mikrobiologiya institutida АллВеллЛаб MCHJ bilan hamkorlikda Jahon Islom taraqqiyot banki va Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihaga ajratilgan mablag‘larni jalb etgan holda yangi laboratoriya tashkil etildi.

Laboratoriyada farmatsevtika, veterinariya, parrandachilik va baliqchilik uchun mikrob preparatlar yaratish, ularni kichik hajmda ishlab chiqarish va amaliyotga tadbiq etish ishlari amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish uchun tayyor bo‘lgan biopreparatlardan biri oshqozon va ichak yallig‘lanishining oldini oluvchi va davolovchi “Laktopropolis” dori vositasi. Dunyoda preparatning analogi yo‘q bo‘lib, ilmiy loyihalar doirasida o‘tkazilgan klinik oldi sinovlari uning yuqori samaradorligini ko‘rsatgan. Ushbu preparat rasmiy ro‘yxatdan o‘tganidan keyin ishlab chiqarish va tijoratlashtirishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.

Kelajakda vitamin hosil qiluvchi probiotik preparatlar, sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatilishga mo‘ljallangan bir marta qo‘shiladigan achitqilar, veterinariya, parrandachilik, baliqchilikda ishlatiladigan ozuqaga prrobiotik qo‘shimchalar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Laboratoriya yangi avlod biopreparatlar ishlab chiqish, yuqori malakali ilmiy va ishlab chiqarish uchun kadrlar tayyorlash hamda farmatsevtika va biologiya yo‘nalishida taʼlim olayotgan bakalavr va magistrlar uchun amaliyot o‘tish uchun xizmat qiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech