O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yurtimizda tibbiyot sohasini yana-da rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni ijobiy hal qilish maqsadida maxsus “Sall-markaz” ishga tushirildi

Mazkur “Call-markaz”ning 1295 raqamlari Yangi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining buguni va ertasiga befarq bo‘lmagan tibbiyot xodimlarining faoliyatlari bilan bog‘liq masalalar, tizimdagi muammolar va sohani yana-da rivojlantirishga turtki beradigan g‘oya va takliflari uchun ishlashni boshladi.

Bu murojaatlarning aksariyati “Call-markaz”ga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan hal qilinsa, bir qismi olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan bo‘ladigan ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkaziladi.

Qadrli soha vakillari, murojaat yo‘llash orqali sog‘liqni saqlash tizimi taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shasiz.

Faol bo‘ling!

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech