O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasi 94 foizdan ortiq samaradorlik ko‘rsatganini maʼlum qildi

Kun.uz nashrining maʼlum qilishicha, samaradorlik ko‘rsatkichi 30 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etgan uchinchi bosqich natijalariga asoslangan. Amerikaning Moderna kompaniyasi o‘zi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksina sinovlarning uchinchi bosqichida 94,5 foiz samaradorlik namoyish etganini maʼlum qildi.

Samaradorlik ko‘rsatkichi 30 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etgan uchinchi bosqich natijalariga asoslangan. Avvalroq Pfizer va BioNtech vaksinasi 90, “Sputnik-V” 92 foiz samaradorlik ko‘rsatganligi aytilgandi.

Kompaniyadagilarning qayd etishlaricha, sinovda qatnashganlarning aksariyatida emlashdan so‘ng nojo‘ya taʼsirlar kuzatilmagan.

Hozirda yakunlovchi — uchinchi bosqich sinovlari dunyoda bir necha vaksinalarda o‘tkazilmoqda. Rossiyaning «Sputnik V», AQSHdagi AstraZeneca,  Pfizer va BioNtech kompaniyalari, shuningdek, Xitoyning bir necha vaksinalari shular jumlasidandir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech