O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mutaxassis tavsiyasi: Dorivor giyohlar asablaringiz himoyasida

Dorivor giyohlar markaziy asab tizimiga sedativ yoki adaptogen taʼsir ko‘rsatishi mumkin.
Sedativ fitopreparatlar asab tizimi tormozlanish jarayonini tezlashtirib yoki qo‘zg‘alish jarayonini sekinlashirib, insonni tinchlantiradi. Shunday giyohlardan biri – valeriana.

Valeriana

Yurak faorliyatini yaxshilovchi, arterial qon bosimini pasaytiruvchi, shuningdek spazmolitik taʼsirga ega bo‘lgan valeriana stress, uyqusizlik, migren, klimakterik davrdagi emotsional beqarorlik, nevrasteniya va psixosteniyaning yengil shakllari, nevralgiya va nevrodermit kabilarda qo‘llaniladi. Tarkibida katta miqdorda efir moyi bo‘lgani bois, allergiklar ehtiyot bo‘lib qabul qilishlari lozim.

Nevrozlar, uyqusizlik va taxikardiyada valeriana ildizidan damlama tayyorlab ichish mumkin. Buning uchun:
2,5 osh qoshiq quruq valeriana ildizi ustidan 200 ml qaynoq suv quyib, 30 daqiqa qoldirish kerak. Tayyor damlamani kuniga 3 mahal ovqatdan so‘ng qabul qilish tavsiya etiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech